NamMQI delegasiyasi «Innoprom. Markaziy Osiyo 2023» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida bir qator shartnomalarni imzoladi
Toshkentda «Innoprom. Markaziy Osiyo 2023» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi. Unda ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev boshchiligidagi NamMQI delegasiyasi ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmani Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Tadbirda xalqaro sanoat kompaniyalari hamda MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari jamoaviy milliy stendlari bilan qatnashmoqda.
Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari xorijiy korxona va oliy o‘quv yurtlari bilan bir qator hamkorlik va kelishuv shartnomalarini imzolandi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining «Askon» aksionerlik jamiyati bilan muhandislik-loyihalash sohasida tegishli kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi hamda Belorus davlat universiteti bilan ilmiy loyihalar tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.