NamMQI delegatsiyasi Ogayo davlatida
NamMQI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Dadamirzayev boshchiligidagi delegatsiyasi Ogayo davlat universitetining G'arbiy kampusidagi 1381 Kinnear Roadda joylashgan Nanotexnologiya laboratoriyasiga Professor Pol Berger va IEEE loyihasi koordinatori Zak Weber hamrohligida tashrif buyurishdi.
Delegatsiya a'zolarini laboratoriya rahbari PhD. Jon A. Carlin va laboratoriya menejeri Aymiy Broslar kutib oldi yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida yaqindan tanishtirib o'tdi.
Suhbat davomida Times Higher Education nufuzli reytingining Barqaror rivojlanish maqsadlarining 7-maqsadi “Barcha uchun energiyaning arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash” yuzasidan fikrlar almashildi.