Namangan viloyat teatri aktyorlari institutda ijodiy uchrashuv o‘tkazdi
Namangan viloyat musiqali drama teatrining bir guruh aktyorlari institutga tashrif buyurdi. Ularni NamMQI birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev qarshi oldi.
Teatr direktori Nozimjon Toshpo‘latov hamda “O‘zbekiston madaniyat va san'at fidokori” ko‘krak nishoni cohibi Bahodir Jo‘rayev talabalarga viloyat teatri tarixi va bugungi kuni haqida hikoya qilib berdi, jamoa bilan tanishtirdi.
Talabalarga aktyorlardan Ma'ruf Niyozov, Nuriddin Ismoilov va Akmal Sarimsoqov ishtirokidagi “Ibrat” hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Karima Rasulova va Mehri Abdullayeva ishtirokidagi “Bog‘” spektakllaridan parchalar namoyish etildi. Xonanda Hamidjon Mallaboyev ijrosidagi taronalar, Mirjalol Voisovning hajviy chiqishlari esa davraga fayz ulashdi.
Talabalar sevimli san'atkorlar bilan birgalikda muloqot qilish va esdalik uchun fotoga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
NamMQI media markazi