Professor birinchi bosqich talabalari uchun ochiq dars o‘tdi
NamMQI «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Isroiljon Shamshidinov tomonidan Sanoatni axborotlashtirish fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars «Ko‘p elektronli atomlarda elektronlarning orbitallar bo‘ylab taqsimlanishi» mavzusiga bag‘ishlandi. Talabalarga mavzu interaktiv misollar yordamida, jonli tarzda batafsil tushuntirildi.