• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Unda markaz axborot-resurs bo‘limi boshlig‘i Sunnatulla Rahmonov  hamda Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirovning «Ixtiro va foydali model», «Talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni», «Xorijda patentlash amaliyoti», «Patentlashga oid turli savollar», «Mualliflik huquqi ob'ektlarini deponentlash» mavzularidagi ma'ruza va taqdimotlari tinglandi.

Tadbir davomida ixtiro, foydali model va sanoat namunalariga patent berish shartlari, sanoat mulki ob'ekti ustuvorligi, talabnomalarni o‘zgartirish tartiblari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Professor-o‘qituvchi va talabalarning mavzular yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :