Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik liseyda yangi o‘quv yili boshlandi
Liseyda o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut va lisey mutasaddilari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov yangi o‘quv yili bilan yig‘ilganlarni qutlab, kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Liseyning faxriy o‘qituvchilaridan Muborak Ismoilova yoshlarni bilim egallashga yanada chanqoq bo‘lishga chaqirdi.
Tadbir lisey o‘quvchilari ishtirokidagi o‘zbek, ingliz, rus, arab, tojik va qirg‘iz tillaridagi bayram tabriklari bilan yakunlandi.
O‘quvchilar tadbirdan so‘ng auditoriyalarda yo‘l oldi va an'anaga muvofiq Mustaqillik darslari boshlandi.