Namangan muhandislik-qurilish instituti eng ko‘p ixtirolar yaratgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari reytingida e'tirof etildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Adliya vazirligi tomonidan 2020-2024 yillarda eng ko‘p ixtirolar yaratgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari top-10 talik reytingida e'tirof etildi. (https://t.me/adliyaimd/6605)
Mazkur reytingda 2020-2024 yillarda institutning «Umumtexnik fanlar», «Kimyoviy texnologiya», «Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish», «Texnologik mashinalar va jihozlar», «Mashinasozlik texnologiyasi», «Elektr energetikasi» va «Bino va inshootlar qurilishi» kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ixtirolar uchun olingan patentlar inobatga olingan.
Ushbu reytingga 5 ta davlat OTM va Fanlar akademiyasining 7 ta ilmiy-tadqiqot instituti kiritilgan bo‘lib, Namangan muhandislik-qurilish instituti ular ichida yetttinchi o‘rinda qayd etilgan.