• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari uchun mavjud imkoniyatlar oʼrganildi

Yangi Namangan tumanining «Islom Karimov» koʼchasida joylashgan xususiy tadbirkorga tegishli “Temiryoʼlchilar shifo maskani” oilaviy korxonasi tasarrufidagi bino 2023 yilda xususiy sherikchilik asosida 300 oʼrinli talabalar turar-joyiga moslashtirildi. Mazkur bino 5,3 mlrd. soʼmdan ziyod investitsiya hisobiga toʼliq rekonstruktsiya qilinib, qayta jihozlandi.

Shuningdek, NamMQIning "Islom Karimov" koʼchasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd. 300 mln. soʼm boʼlgan yangi turar-joy binosi ham qurilmoqda.

“Nifrit impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan loyiha asosida 1000 oʼrinli talabalar turar-joyi qurilishi joriy yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Аbdurazzoqov bugungi oʼrganishlari davomida ushbu obʼektlarni koʼzdan kechirdi.

Shuningdek, institut tasarrufida hozirda mavjud 800 oʼrinli 2 ta talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar ham oʼrganildi.

  • Share :