Murojaatnoma — mamlakatning yaqin kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturiy hujjat
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilishda institut rektori va “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi chiqishlaridan so‘ng so‘z navbati ma'ruzachilarga berildi.
NamDU dosenti, Baxtiyor Ishoqov, NamMQI dosenti Olimjon Egamberdiev, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Ahmadjon A'loxo‘jaev, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahhorov ma'ruzalarida ushbu murojaatnoma nafaqat kelgusi yil, balki mamlakatning yaqin kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturiy hujjat ekanligi, uni quyida — fakultet va kafedralar, mahalla va tashkilotlar, talabalar va saylovchilar doirasida keng targ‘ib etish zarurligiga e'tibor qaratdi. Murojaatnomaning eng muhim jihatlaridan iqtiboslar keltirildi.
Institutda Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasi tahliliga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
NamMQI media markazi