Mashinasozlik fakultetining targ‘ibot tadbiri
NamMQI qoshidagi akademik liseyda "Mening tanlovim—O‘zbekiston Konstitusiyasi" deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va Mashinasozlik fakulteti mutsaddilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Muhammadjon Ismoilov ma'ruza qildi va Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil tushuncha berdi. Shuningdek, mamlakatda o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga targ‘ib qilindi.
Yakunda #Meniki #Seniki #Bizniki #Konstitutsiya_õzimizniki shiori ostida chelenj o‘tkazildi.
NamMQI media markazi