"Kredit modul tizimi - zamonaviy ta’limning ilg‘or tajribasi" va "Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish " mavzularida o‘quv-seminarlar o‘tkazish rejalashtirilib Kafedralar kesimida grafik tasdiqlandi
2022 yil sentyabr-oktyabr oylarida Institut professor-o‘qituvchilariga "Kredit modul tizimi - zamonaviy ta’limning ilg‘or tajribasi" va "Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish " mavzularida o‘quv-seminarlar o‘tkazish rejalashtirilib Kafedralar kesimida grafik tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 21 sentyabr kuni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Inoyatov boshchiligida O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan “Chet tillar” va “O‘zbek tili” kafedralari professor o‘qituvchilariga o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda kredit-modul tizimida ta’lim jarayonini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar va mulohazalar berib o‘tildi.
Shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Toxirjon Jo‘raev tomonidan elektron doska funktsiyalari va undan samarali foydalanish texnologiyasi mavzusida taqdimot o‘tkazildi.