• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Konferensiyada Akademiya prezidenti va Namangan shahar hokimining tabrigi tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Farg‘ona vodiysida fan va texnologiya” ilmiy konferensiyasi ishini akademiya prezidenti Bahodir Yo‘ldoshev ochib berdi.

Akademik o‘z so‘zida mamlakatda bugungi kunda fan va texnologiyalarga berilayotgan e'tibor, bu borada vodiy viloyatlari tutgan o‘ringa alohida to‘xtalib o‘tdi.

Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi va mehmonlarni shaharda bir oy davomida bo‘lib o‘tadigan gullar bayramiga taklif etdi.

Konferensiya davom etmoqda. Uning ishida Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :