• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Jonim fido shu el uchun, shu yurt uchun!”

Davlatobod tumanidagi yoshlar ziyo maskanida “Milliy tiklanish” partiyasi Namangan viloyat kengashi tomonidan ushbu shior ostidagi targ‘ibot mitingi o‘tkazildi. 

Tadbirni NamMQI yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliev olib bordi.

 Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan muhandislik texnologiyalari instituti talabalari, partiya faollari jamlangan mitingda “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, viloyat kengashi deputati Ahmadjon A'loxo‘jaev, NamMTI prorektori Ma'rufjon Qayumov, tuman kengashi deputati Hasanboy Holiqov va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlarni mamlakat tarixida tub burilish yasashi kutilayotgan tadbirga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. 

NamMQI koordinatori Oqilbek Mamajonov o‘tkazgan qiziqarli viktorina g‘oliblariga partiya viloyat kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Miting yakunidagi bayramona konsertda ham NamMQI yoshlari faol qatnashib, musiqiy chiqishlari bilan tadbirga fayz kiritdi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :