Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri
NamMQI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning navbatdagisiga Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti mezbonlik qildi.
Unda mazkur bo‘lim boshlig‘i Ilhomjon Payziev, institut axborot xizmati rahbari Azizbek Abduvaliev, mahalla vakillari, fakultet mutasaddilari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda fakultetning bugungi kuni, fakultetda ta'lim jarayonining shafofligini ta'minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikka hisobot berildi. Yig‘ilganlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar 4-binoda o‘quv mashg‘ulotlarining borishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.