Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti xonadoni yo‘qlandi
Hayit bayramlari arafasida faxriylar va bemorlarni yo‘qlash institutda an’anaga aylanib qolgan. Qurbon hayiti oldidan ushbu yo‘qlovlar boshlab yuborildi.
Institut rektori boshchiligidagi mutasaddilar Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Asqarali Yo‘ldoshev xonadoni mehmoni bo‘ldi.
U kishidan hol-ahvol so‘ralib, jamoaning salom va sovg‘alari yetkazildi. Hayit ayyomi bilan qutlab, xonadonga fayz-baraka tilandi.