Institutning xorijlik talabasi respublika til tanlovida munosib eʼtirof etildi!
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida mamlakatimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar oʻrtasida “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlovda Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, Turkiya fuqarosi Emin Goktugʻ Yalchin ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Talabamizga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, oʻzbek tiliga oid qoʻllanmalar va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Tabriklaymiz!