• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” doirasidagi seminar boʻlib oʻtdi

“Butunjahon sifat kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan seminar davomida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sogʻlom ovqatlanish, bu borada isteʼmolchilar huquqlari va savodxonligi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qonunchiligi, ularni amaliyotda qoʻllash hamda bu boradagi xalqaro tajribalar muhokama qilindi.

Viloyat Raqobat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abdusamat Tojiboyev, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boʻlim mudiri Habibullo Abdullayevning maʼruzalarida oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻlom ovqatlanish, isteʼmolchilar huquqlariga qaratilgan zarur jihatlar yoritib berildi.

Seminar talabalar bilan muloqot va savol-javoblar bilan yakunlandi.

  • Share :