• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi

Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi.

  • Share :