Institutda АQShning Google kompaniyasi dasturiy taʼminot muhandisi Farrux Habibullaev bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi
Muloqotni institut rektori boshlab berdi va mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.
Farruh Habibullaev 2012-2016 yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida oʼqigan. 2019 yilda АQShning Аyova shtatidagi Menejment universitetida magistr darajasini oldi.
Farruh hozirda Google kompaniyasining dasturiy taʼminot muhandisi boʼlib ishlamoqda. U jamoasi bilan birgalikda avtomobillar xavfsizligini taʼminlovchi tizimlar ishlab chiqarmoqda.
Uchrashuvda mehmon tomonidan kompaniya va undagi faoliyat haqida batafsil hikoya qilindi, savollarga batafsil javoblar berildi.