Institut talaba-yoshlari o‘rtasida «Harbiy-sport o‘yinlari» o‘tkaziladi
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan fakul'tetlar o‘rtasida «Harbiy sport o‘yinlari» musobaqasi 12 yanvar' soat 15:00 da institutning 2-sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Tosh ko‘tarish (1 nafar);
- Arqon tortish (6 nafar);
- Armrestling (1 nafar);
- Turnikda tortilish (1nafar);
- Darts (1 nafar).
Ushbu musobaqalar bo‘yicha har bir fakul'tetdan jami 10 nafardan ishtirokchi talabanomalarini 12 yanvar kuni soat 14:00 ga qadar Jismoniy madaniyat va sport kafedrasiga yetkazib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan fakul'tet jamoalari institut rektorining darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.