Institut jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi
NamMQI majlislar zalida institut jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Undan rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi institutda mutasaddi organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlandi. Mavzu yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Qahramon Inoyatovning chiqishi tinglandi. Mazkur ma'ruzada olib borilgan o‘rganish tafsilotlari to‘liq va keng tahlil etib berildi.
NamMQI rektori Sharifjon Ergashev o‘rganish yakunlaridan kelib chiqadigan xulosalarga to‘xtalar ekan, ularda keltirib o‘tilgan kamchilik va nuqsonlar kelgusida albatta bartaraf etilishi, ma'sullar bu yuzasidan o‘ziga xos “yo‘l xaritasi” tuzib olishlari zarurligini ta'kidladi. Bu boradagi muhim vazifalarni belgilab berdi.
NamMQI media markazi