Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida bo‘lim rahbarlari va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziyev, axborot xizmati rahbari Azizbek Abduvaliev, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dadajon Dadaxonov, institut yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliev o‘z yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengash a'zolariga hisob berdi.
Shuningdek, qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha ma'sul professor Nabijon Boyboboev mazkur yo‘nalish va xorijiy safarlar samaradorligi yuzasidan ma'ruza qildi.
Ilmiy kengash yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.