• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Inson – jamiyat – davlat”

       Yangilanayotgan Konstitutsiya avvalambor ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya'ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan. Jumladan, Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi belgilanmoqda. Masalan, soliq qonunchiligida bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan normalar vujudga keldi. Bunday nomuvofiqlikni, tabiiyki, soliq organi davlat foydasiga, fuqaro esa o‘z foydasiga talqin qilishni xohlaydi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur kafolat esa, bunday bahsga nuqta qo‘yadi va nomuvofiqliklar davlatga emas, balki inson foydasiga hal etiladi deb qat'iy belgilaydi.

  • Share :