Ilmiy kengashda ko‘krak nishonlari va diplomlar egalariga topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi an'anaga muvofiq erishilgan yutuqlar e'tirofidan boshlandi.
Institut professorlari Toshturg‘un Ergashev, Muhammadi Ismoilov va Adhamjon Hamidov ta'lim tizimidagi ko‘p yillik mehnatlari va yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan hissalari uchun “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi. Ularni egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Ilmiy darajaga bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni ham jamoa nomidan tabrikladik va ularga diplomlari kengash a'zolari ishtirokida topshirildi. Kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.