Ilmiy kengashda diplom va guvohnomalar egalariga topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi anʼanaga muvofiq erishilgan yutuqlar eʼtirofidan boshlandi.
Institut rektori ilmiy darajaga boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jamoa nomidan tabrikladi va ularga diplomlari tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, rektor stipendiyasi tanlovi gʻolibi boʻlgan NamMQI huzuridagi akademik litsey oʻquvchilariga ham bu haqdagi guvohnomalari taqdim etildi. Ularga kelgusi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.