• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hyech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi. Noyabrdan boshlab, ijara shartnoma bo‘lsa, keyin kompensatsiya beriladi. Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi. Ijarashartnomasinitaqdimetgantalabalarganoyabroyidantolovlar davom ettiriladi.Bundaoliy ta'lim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotganijarada yashayotgan talabalar royxatini shakllantirishhamdaijarakompensatsiyatolovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktorbuyrugi rasmiylashtirilibtegishli mablaglar tolanishi belgilandi.

Bu nima degani?

Ma'lumki, o‘tgan yildan boshlab talabalar turar joyida joy yo‘qligi uchun ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalarga ijara kompensatsiyasi to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun talaba ijara shartnomasini o‘zi o‘qiyotgan OTMga topshirishi kerak edi. Bu tartib hozir ham kuchida. Ya'ni qaysidir talaba ijarada turgan bo‘lsa, u nechanchi kursda o‘qiyotganidan qat'i nazar, ijara kompensatsiyasi olishga haqqi bor. Endi yangi tartibga ko‘ra, 1-kurslar uchun istisno belgilandi. Ya'ni yotoqxonaga joylasha olmagan 1-kurs talabalari "Men ijarada turdim" deb aytsa kifoya. Ularga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara kompensatsiyasi hyech qanday ijara shartnoma talab etilmasdan to‘lab beriladi. Agar ular yana kompensatsiya olmoqchi bo‘lsa, unda noyabr oyidan boshlab ijara shartnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentyabr va oktyabr oylari uchun ham ijara shartnoma taqdim etsagina, kompensatsiya olishadi.

Ijara kompensatsiyasining miqdori qancha?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 300 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa 150 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta'lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Demak, yotoqxonaga joylashmagan 1-kurs talabalari sentyabr va oktyabr, ya'ni 2 oyga Toshkent shahri uchun jami 600 ming so‘m, hududlar uchun 300 ming so‘mgacha kompensatsiya puli olishlari mumkin. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

@xushnudbek

  • Share :