• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Fuqarolarning uy-joyli bo‘lish huquqi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.

Fuqarolarning uy-joyli bo‘lish huquqi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishiga shart-sharoit yaratishi belgilanmoqda. Ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan ta'minlashning qonuniy asoslari yaratilmoqda.

Eng muhimi, Konstitutsiyada hyech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi aniq ravshan mustahkamlanmoqda. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi. 

Mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatimizda o‘tkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bog‘liq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim bo‘ladi.

  • Share :