• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Eng yaxshi ilmiy maqolalar tanloviga marhamat!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi "Mirzo Ulugʻbek hayoti va ilmiy-maʼrifiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar" tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga materiallar oʻzbek, rus, ingliz tillarida ilmiy maqola talablariga toʻla rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich OTM 5-noyabr kuniga qadar;
2-bosqich respublika bosqichi 1-dekabr kuniga qadar.

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari mos ravishda:

1-oʻrin – 7 000 000 soʻm;
2-oʻrin – 6 000 000 soʻm;
3-oʻrin – 5 000 000 soʻm pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlar 4-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga murojaat etishlari mumkin.

Tanlov nizomi 

Murojaat uchun: @dtiger_43

  • Share :