Energetika va mehnat muhofazasi fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
NamMQI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning navbatdagisiga Energetika va mehnat muhofazasi fakul'teti mezbonlik qildi. Unda fakul'tet va bo‘lim mutasaddilari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda fakultet dekani Rustamjon Soliyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziyev, Prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi surishtiruvchisi, adliya maslahatchisi B.Hojiyev, institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayeva so‘zga chiqdi.
Fakultetning bugungi kuni, fakultetda ta'lim jarayonining shafofligini ta'minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikka hisobot berildi.
Yig‘ilganlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Talabalarning ota-onalari ham mazkur fakultetdagi ta'lim sifati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.