Energetika fakulьteti talabalari Popda qurilayotgan quyosh fotoelektr stantsiyasida mablagʼ toʼlanadigan amaliyotni oʼtamoqda
Namangan muhandislik-qurilish instituti va Pop tumanida quyosh fotoelektr stantsiyasini barpo etayotgan "Next Solar Energy Group" xorijiy korxonasi bilan oldinroq hamkorlik shartnomasi imzolangandi.
Mazkur shartnomaga muvofiq institutning Energetika va mehnat muhofazasi fakulьtetining bir guruh talabalari korxonada mablagʼ toʼlanadigan amaliyot oʼtamoqda.
Talabalarga ushbu obʼektda bajarayotgan ishlari uchun 5,5 million soʼmdan maosh toʼlanmoqda. Ularga fakulьtet mutasaddilari hamrohlik qilmoqda.
Qayd etish joizki, amaliyot davomida talabalar oziq-ovqat va joy bilan taʼminlanishi ham koʼzda tutilgan.