• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E'lon!

2023-yil 25-fevral kuni soat 14:00 da Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Т.90.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari hamda 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy Seminarning navbatdagi an’anaviy/onlayn shakllar uyg‘unlashgan holdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

KUN TАRTIBI:

1. Akbarov Alisher Normatjonovichning 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”  mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: t.f.d., dots. Sh.Sh.Kenjaboyev
2. Turli masalalar.
 

  • Share :