• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E'lon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Namangan muhandislik-texnologiya 
instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli Ilmiy kengashda Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi katta o‘qituvchisi QODIROVA FERUZA MUHAMMADJONOVNAning 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi ishchi barabanining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi o'tkaziladi.

Dissertatsiya himoyasi 2024-yil 13-iyul soat 10:00 da NamMTI
3-o‘quv binosi 1-qavat, ilmiy kengash xonasida o‘tkaziladi.

  • Share :