E’LON!!!
Namangan muhandislik-qurilish institutining 2024-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi.
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD) ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- rektor nomiga ariza;
- qisqacha biografik maʼlumot (3.5-shakl bo‘yicha);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
- ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- pasport yoki ID-karta nusxasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
- xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar (kamida B2 darajadagi).
Mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- rektor nomiga ariza;
- qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl bo‘yicha);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
- ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- pasport yoki ID-karta nusxasi;
- ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi);
- xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar (kamida B2 darajadagi).
Barcha hujjatlar “pdf” shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun kirish imtihonlari va suhbat 2023-yil 1 - 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy, Tel. 69-234-14-85.
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi