• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Diqqat, musobaqa!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur”  koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.  

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

  • Share :