Namangan muhandislik-qurilish instituti fizika bo‘yicha xalqaro forumda bir qator hamkorlik shartnomalarini imzoladi
Davlatobod tumanidagi madaniyat markazida davom etayotgan fizika bo‘yicha xalqaro forumda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori bir qator hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar va mikroelektronika intituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Mazkur shartnomalarda fizika yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, xalqaro fundamental loyihalarda birgalikda ishtirok etish rejalashtirilgan.