Davlat test imtihonlarining so’nggi kuni bo’lib o’tmoqda
Davlat test imtihonlarining so’nggi kuni bo’lib o’tmoqda
Xabaringiz bor, 2024-yil 14-iyul kuni yurtimizda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlari boshlagan edi.
Davlatobod tumanida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligida ham test sinovlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Gʻulomjon Murodxo‘jayev bugun rektorlar hamrohligida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham ota-onalar va abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yana bir bor yaqindan tanishib chiqdi.
Imtihon jarayonlari adolatli va shaffof o'tkazilishini ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirilib, ota-onalar va abituriyentlarning fikrlari tinglandi.
NamMQI media markazi