Bugun, 19 apreldan referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
➖Bugun respublika bo‘ylab soat 9:00 dan referendum uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.
➖Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.
➖ Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
➖Muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 19 aprel' kuni boshlanib, 2023 yil 26 aprel' kuni yakunlanadi.