Bosh vazir Pop tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi bilan tanishib, amaliyot o'tayotgan institut talabalari bilan suhbatlashdi
O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Energetiga vaziri Jo'rabek Mirzamahmudovlar bugun Pop tumanida boʻlib, mazkur tumanda qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi bilan tanishdi.
Xitoyning “Next Solar Energy Group” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan mazkur stansiya quvvati 500 megavatt boʻlib, foydalanishga topshirilganidan soʻng yiliga 1,1 mllrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Mazkur jarayonlarda Namangan muhandislik-qurilish instituti prorektori Qahramon Inoyatov, Energetika fakulteti dekani Rustamjon Soliyev, professor-o'qituvchilar hamda amaliyot o'tayotgan talabalar ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, NamMQIning bir guruh talabalari ayni kunlarda mazkur xorijiy korxonada amaliyot o'tamoqda.