Birinchi bosqichda 10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochiladi
Ushbu maktablarda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yoʻlga qoʻyilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi.
Birinchi yilda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtiradi, ilmiy izlanishlar oʻtkazadi, bu borada chuqurlashgan modul dasturlar asosida oʻqitiladi.
Ikkinchi yilda yangi mahsulotlar boʻyicha tajriba-konstruktorlik namunalarini yaratish bilan bogʻliq texnologik jarayonlarni korxonalarda sinovdan oʻtkazadi.
Korxonalar “Oliy muhandislik maktabi”da laboratoriya ochish va jihozlash uchun mablagʻ yoʻnaltirsa, bu xarajatlar korxonaning foyda soligʻi bazasidan chegirib tashlanadi.