“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol boʻyicha viloyat musobaqasiga start berildi
Bugun Namangan muhandislik-qurilish institutining sport zalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining viloyat bosqichi ochilish marosimi oʻtkazildi.
Ochilish marosimida Namangan viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Nizom Xubbimov, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Anvarjon Tuychiyev hamda Yoshlar ishlar agentligi viloyat boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Mirzatov ishtirok etib, jamoalarga omad tiladi.
Musobaqada viloyatimizning 14 ta hududidan shahar va tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 16-21 va 22-30 yosh toifasida oʻgʻil bolalar va qiz bolalar jami 56 jamoa 336 nafar ishtirokchi ishtirok etmoqda.