Berkli AQShning Kaliforniya shtati universitetining laboratoriya boshligʻi PhD, PE Taxirov Shaxzod Meliyevich NamMQIning 7-binosi Qurilish fakultetiga keldi
2022 yil 28 sentabr kuni Kaliforniya universiteti, Berkli AQShning Kaliforniya shtati universitetining laboratoriya boshligʻi PhD, PE Taxirov Shaxzod Meliyevich NamMQIning 7-binosi Qurilish fakultetiga keldi. Mehmonlarni Qurilish fakulteti dekani professor S.J.Razzaqov hamda Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi professor-oʻqituvchilari kutib oldilar. U “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professor–oʻqituvchilari bilan uchrashdi, yosh ilmiy-tadqiqot ish olib borayotgan olimlar bilan gaplashdi. Kafedra a’zolarini, yosh olimlar, doktorantlar va magistrlarni olib borayotgan ishlari bilan tanishib, suhbatlashdi. Jamoani bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlovchi olib kelingan jixozlarining ishlash qoidalari bilan tanishtirdi. Mexmonlarga Qurilish fakulteti dekani, professor S.J.Razzaqov tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.