Abiturientlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
My.gov.uz orqali abiturientlarni (2023/2024 o‘quv yili uchun) oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 000 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Quyidagi toifaga kiruvchi abiturientlar to‘lovdan ozod etiladi:
Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta'lim muassasalarini bitirganlar;
I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar;
To‘liq davlat ta'minotidagi shaxslar.
Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abiturientlar oxirgi kungacha o‘z ma'lumotlarini o‘zgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi ma'lumotlarini keltirishi mumkin bo‘ladi.